| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Yangiliklar
03-11-2011 08:29
Jamoatchilik Kengashi - davr talabi

Taraqqiyotning hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va boshqa fuqarolik institutlari rolining oshishi jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatni shakllantirish hamda mamlakatimizni jahon hamjamiyatiga integratsiyasi bo’yicha oldinga qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda hal qiluvchi omillardan biriga aylanib bormoqda. Mamlakatimizni demokratik yangilanish jarayonida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik muammolarni hal qilishda fuqarolik institutlarining ahamiyati va rolini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonuniy aktlar qabul qilingan. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda uning joylardagi hududiy bo’linmalari atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida fuqarolik jamiyatining turli institutlari- respublika "Mahalla" xayriya jamg’armasi, "Ekosan" xalqaro fondi, O’zbekiston Ekologik harakati, ekologiya sohasida faoliyat olib borayotgan NNTlar,   fan va ta’lim muassasalari, ommaviy           axborot vositalari vakillari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar.

 


batafsil..
14-10-2011 14:44
"IQLIM O’ZGARISHI: O’ZBEKISTON FAOLIYATIDA USTIVOR VAZIFALAR

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 14 oktyabr kuni jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan iqlim o’zgarishi muammolari, yurtimizning mo’’tadil iqlim sharoitini saqlash borasidagi ustivor vazifalar hamda bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlarga bag’ishlangan "Iqlim o’zgarishi: O’zbekiston faoliyatida ustivor vazifalar" mavzusida matbuot anjumanini tashkil etdilar. Anjumanda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutahassislari, olimlar, jamoatchilik tashkilotlari, OO’YU, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, O’zbekiston iqlim o’zgarishi muammolarining muhimligini hamda unga moslashish va salbiy oqibatlarini yumshatish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar qabul qilish zarurligini hisobga olib 1993 yil Iqlim o’zgarishi bo’yicha BMT Doiraviy Konvensiyasini, 1998 yil noyabr oyida Kioto Bayonnomasini imzoladi, 1999 yil 20 avgustda esa ratifikatsiya qildi.


batafsil..
11-10-2011 10:54
ANONS

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazi bilan hamkorlikda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan iqlim o’zgarishi muammolari, yurtimizning mo’tadil iqlim sharoitini saqlash borasidagi ustivor vazifalar hamda bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlarga bag’ishlangan matbuot anjumanini o’tkazishni rejalashtirgan.


batafsil..
09-09-2011 14:42
Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim konsepsiyasini amalga oshirish bo’yicha anjuman

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, "Chinor" ENK hamda "EKOSAN" xalqaro jamg’armasi bilan hamkorlikda joriy yilning 9 sentyabr kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida O’zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim konsepsiyasini amalga oshirish masalalariga, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi yangi adabiyotlarning taqdimotiga bag’ishlangan matbuot anjumanini o’tkazdilar. Anjuman ishida mutasaddi vazirliklar, idoralar, Oliy o’quv yurtlari, jamotchilik tashkilotlari, hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.


batafsil..
07-09-2011 15:39
A N O N S

2011 yilning 9 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun talim Konsepsiyasini amalga oshirish masalalariga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tadi.


batafsil..
05-09-2011 15:39
Перспективы развития экологического туризма в экоцентре «Джейран»

В Узбекистане в последние годы отмечается динамичное развитие туристической отрасли. Это связано с расширением и укреплением межнациональных связей, интеграцией страны в международный туристический рынок, повышением уровня профессионализма в деле пропаганды культурно-исторического и духовного наследия Узбекистана, улучшения качества обслуживания туристов. По данным НК «Узбектуризм», доля туризма в ВВП страны за шесть месяцев нынешнего года увеличилась более чем в два раза и составила 1,8 процента. Потенциал развития туризма в Узбекистане, кроме исторических, архитектурных и культурных памятников Самарканда, Бухары, Хивы также связан с наличием уникальных природных объектов. В этой связи уделяется большое  внимание развитию экологического туризма, который направлен на активный отдых на природе, познание её объектов и явлений, а самое главное - восстановление экосистем. Последнее связано с тем, что экологический туризм является одним из эффективных инструментов охраны окружающей среды и важным элементом устойчивого развития, активно содействующим сохранению природного и культурного наследия, повышению благосостояния местного населения.Одним из объектов развития природного туризма в Узбекистане становится Республиканский научно-производственный центр по разведению редких видов животных «Джейран», где 3 сентября он на один день превратился в центр обсуждения перспектив развития экологического туризма. Здесь собрались представители Госкомприроды, Госбиоконтроля, специалисты и партнеры Экоцентра, туроператоры, журналисты, а также представители Фонда Михаэля Зуккова, Программы Малых Грантов  (ПМГ) ГЭФ в Узбекистане.


batafsil..
26-08-2011 16:15
Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim konsepsiyasini amalda joriy qilish jarayoni boshlandi

O’zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyoti maqsadlari uchun ta’lim(BTT) Konsepsiyasi joriy yilning 19 iyul kuni Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining uch tomonlama 20/2/305-sonli Qo’shma Qaroriga muvofiq tasdiqlangan edi. Hozirda Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklarining mutaxassislari BTT konsepsiyasi bilan yaqindan tanishib chiqib, maxsus chora-tadbirlar va xarakat dasturlarini ishlab chiqdilar. Ularda ta’lim jarayonida barqaror rivojlanish uchun ta’limning xuquqiy-me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning Davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalarida BTT mazmunini hamda mohiyatini to’liq aks ettirish, maxsus o’quv qo’lanma, o’quv-metodik va boshqa tarqatma materialarni tayyorlash, ta’lim muassasalarida BTT bo’yicha pedagoglar malakasini oshirish va boshqa muhim tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. BTT konsepsiyasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini o’quv seminarlari, suhbatlar va baxs-munozaralar orqali targ’ib qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.


batafsil..
13-08-2011 13:03
Ov mavsumi boshlanishi munosabati bilan

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat q o’mitasi, Toshkent viloyati Tabiatni muhofaza qilish q o’mitasi hamda Respublika Ovchilik jamiyati 15 avgustdan ov qilish mavsumi boshlanishi munosabati mazkur mavsumni ov qilish va baliq ovlash qoidalari va muddatlariga hamda xayvonot dunyosidan oqilona foydalanish tartibiga muvofiq o’tishini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar vakillari uchun "davra suhbati" tashkil qildi.


batafsil..
16-06-2011 15:04
GLOBAL EKOLOGIK USTIVOR VAZIFALARNI INTEGRATSIYALASH UCHUN EKOLOGIK REJALASHTIRISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI

2011 yilning 16 iyun kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg’armasining hamkorlikdagi "Rio Konvensiyalarining bajarilishi bo’yicha maqsadli institutsional kuchaytirish va mahoratni rivojlantirish orqali milliy salohiyatni mustahkamlash" loyihasi doirasida ekologik rejalashtirish jarayonlariga jalb etilgan vazirlik va idoralar mutaxassislari uchun atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatini zamonaviy usullar va vositalar bilan rejalashtirishga bag’ishlangan seminar-trening tashkil etildi.


batafsil..
07-06-2011 09:39
O’zbekiston: ta’lim barqaror rivojlanish maqsadlarida

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirliklari hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20-yilligiga bag’ishlab "O’zbekiston: ta’lim barqaror rivojlanish maqsadlarida" ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash a’zolari, ekolog olimlar, qator vazirlik va idoralar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.


batafsil..

Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright © 2023, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ