O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi PQ-531-sonli qarorining 6
bandiga asosan, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab, YEVRO-2 va undan kam bo‘lgan ekologik darajadagi "M2",
"M3" va "N2" toifalardagi avtotransport vositalari O‘zbekiston
Respublikasi xududiga kiritilishi taqiqlanadi.
2010 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston
Respublikasiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar raqami (TR TIF) 8703 va 8705
kodlariga to‘hri keladigan maxsus transport vositalaridan tashqari, yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan
jixozlangan "YEVRO-3" ekologik darajadan kam bo‘lmagan me’yorlariga
muvofiq bo‘lgan faqat "M2", "M3" va "N2"
toifalaridagi yangi avtotransport vositalariga ekologik sertifikatlashtirish
asosida O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilishini bildiramiz.