| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Transport ekologiyasining huquqiy asoslari va yo’l harakati xavfsizligi

 

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Toshkent avtomobil yo’llari instituti (TAYI), Innovatsion texnologiyalar va ekologik novatsiyalar markazi hamda TAYI qoshidagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi hamkorlikda joriy yilning 6 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab "Transport ekologiyasining huquqiy asoslari va yo’l harakati xavfsizligi" mavzusida uchrashuv tashkil etdilar.
Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi, Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasining Ekoharakt deputatlar guruhi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent avtomobil yo’llari instituti hamda Toshkent davlat yuridik instituti, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar.
Konstitutsiyamizning 50-moddasi fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur ekanliklari, 55-modda esa ulardan oqilona foydalanish zarurligini mustahkamlab qo’ygan. Konstitutsiyaning mazkur tamoyillarga muvofiq milliy ekologik qonunchilik rivojlanmoqda, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy nazorati amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari ta’kidlaganlaridek, hozirgi kunda respublikada bevosita tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan 13 ta qonunlar qabul qilingan va hozirda amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida", «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida», «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida», «Ekologik ekspertiza to’g’risida», «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida», «Chiqindilar to’g’risida»gi va boshqalar. Sohaning me’yor va shartlarini o’z ichiga olgan 30dan ortiq Kodeks va qonunlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 20ga yaqin idoraviy me’yoriy-huquqiy va 200 dan ortiq me’yoriy-texnik hamda rahbariy hujjatlar qabul qilinib amalga oshirilib kelinmoqda.
Bularning barchasi ekologik muammolarni hal etishda, iqtisodiyotning, shu bilan birga transport tizimining barcha sohalarini modernizatsiya qilish va ekologik jihatdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishda jiddiy olg’a qadamlardan hisoblanadi.
Hukumat tomonidan avtotransport vositalari parklarini yangilash va yoqilg’ining yanada ekologik toza ko’rinishlariga o’tish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilganligi alohida ta’kidlab o’tildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi «Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi
PQ-531-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2007 yil 1 martdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Yevro-2» ekologik darajadan kam bo’lmagan, 2010 yil 1 yanvardan esa "Yevro-3" talablariga mos kelmaydigan avtotransport vositalarini olib kirish man etildi.
Tarnsport sohasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha muhim xodisalardan biri 2011 yil 5 martdan yangi standart - O’zDSt 2305: 2011 "Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Foydalanishdagi gaz ballonli avtomobillarning ishlatilgan gazlarida uglerod oksidi va uglevodorodlar miqdorlarining me’yorlari va o’lchash usullari" amalga kiritildi. Respublikamizda hozirgi kunga qadar gaz yoqilg’isida ishlovchi avtotransport texnikasi me’yoriy hujjatlarning yo’qligi sababli ekologik holati ustidan nazorat o’tkazilmas edi. Mazkur holat O’zbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida" gi Qonunning 10, 16 va 17-moddalarning bajarilishini ko’zda tutadi. Endi esa bunday nazoratni o’tkazish uchun meyoriy xujjat mavjud.
Joriy yilning 31 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2011 - 2015 yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturini tasdiqlash to’g’risida» 292-son qarori qabul qilindi. Mazkur dastur doirasida atrof-muhit ob’yektlari, shu bilan birga atmosfera havosi, suv osti va usti ob’yektlari holati ustidan tizimli kuzatuvni davom ettirish ko’zda tutilgan.
Shuningdek, tadbirda yo’l harakati xavfsizligining huquqiy aspektlari muhokama qilindi.
So’nggi vaqtlarda avtotransport vositalari bilan bog’liq avariya holatlari avtotransport vositalarining ko’payishi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 25 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi, "Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida" gi Qonuni, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir nechta qarorlari hamda qator idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqalar.
Mazkur hujjatlar bilan fuqarolarning hayotini, sog’lig’ini va mulkini muhofaza qilish, ularning huquqlari va qonuniy qiziqishlarini himoya qilish maqsadlarida respublikada yagona avtotransport vositalari haydovchilari, yo’lovchilar va yo’l harakati ishtirokchilarining harakat tartibi, umumiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari tasdiqlandi. Tajribalar mazkur hujjatlar xamisha amalda ekanligini ko’rsatmoqda.
2011 yil 26 aprelda O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida» gi O’RQ-289-sonli Qonunining qabul qilinishi nafaqat avtotransport vositalari egalarining, balki O’zbekiston Respublikasi IIV YHX xizmati xodimlarining mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda transport vositalarining ekologik xavfsizligi hamda yo’l harakati xavfsizligini kelgusida yanada takomillashtirish maqsadlarida O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va Toshkent avtomobil yo’llari instituti mutaxassislari tomonidan O’zbekiston Respublikasida ekologik barqaror transport Strategiyasi, shuningdek, yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha Milliy Strategiyani tayyorlash bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.
 
 
                                                                            O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo’mitasi Axborot xizmati
                                                                                                                                                                                               Tel.: 239-15-19

chop etilgan sana: 06-12-2011 12:08
manba:



   yangiliklar bo'limiga o'tish



Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright © 2023, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ