2012 yil 6 iyun kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tomonidan Butunjaxon atrof muhit kuniga bag’ishlangan "O’zbekistonda atrof-muhit muhofazasi: hozirgi kun holati va taraqqiy etish yo’li" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Mazkur seminarning ochilishiga bag’ishlangan yalpi majlisda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi (N.Shokirov), Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi xodimlari, O’zbekiston ekologik xarakati Markaziy Kengashi ijroiya qo’mitasi raisi o’rinbosari (Snginov), Agroekobiotexnologiya professori (L.G’ofurova), TIMI, Milliy Universitet rektori, professor va o’kituvchilar shuningdek Erasmus Mundus loyixasining O’rta Osiyodagi elchisi (Norbert Justen), Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi xodimlari (M.Agzamov, SH.Usmanova) o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Yalpi majlisda Zamonaviy ekologik siyosat, O’zbekistonda iqlim o’zgarishi, suv -ekologik resurslarni boshqarishda dolzarb muammolar, atrof muhitni muhofaza qilishda olimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar, yangiliklar va ularni amalda tadbiq etish borasida qanday ishlarni amalga oshirish kabi masalalar ko’tarildi.
Anjuman ish tartibiga ko’ra yo’nalishlar (suv, yer resurslarini, atmosfera havosini muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish, geoaxborot tizimlaridan foydalanish va tabiiy resurslar monitoringi, institutsional masalalar va kadrlarni tayyorlash) bo’yicha sho’’ba majlislar bo’lib o’tdi.
Sh.Usmonova
chop etilgan sana: 07-06-2012 09:11
manba: